HURMATLI UZTOZ VA MURABBIYLAR!

Sizni va siz orqali barcha hamkasblarimizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardonavor yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun Vatanimiz barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligini, bosib o‘tgan rivojlanish yo‘limizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa – O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish eng asosiy niyatimizdir.Barcha pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini, yurtimizni turli balo-qazolardan asrashni, birdamlik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ulari yanada ziyoda bo‘lishini tilab qolamiz.Barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lsin, farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz omon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

“Xalq ta’limi”, “Xalq ta’limi axborotnomasi” jurnallari tahririyati xodimlari

Sherzod SHERMATOV -O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri
Risboy JO‘RAYEV – Pedagogika fanlari doktori, akademik
Komiljon MUQIMOV – Pedagogika fanlari doktori, akademik
Ulug‘bek INOYATOV – Pedagogika fanlari doktori, professor
G‘ayrat SHOUMAROV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Maqsudjon YULDASHEV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Oynisa MUSURMONOVA – Pedagogika fanlari doktori, professor
Lola MO‘MINOVA – Pedagogika fanlari doktori, professor
Dilyara SHARIPOVA – Pedagogika fanlari doktori, professor
Barno ABDULLAYEVA – Pedagogika fanlari doktori, professor
Rohatoy SAFAROVA – Pedagogika fanlari doktori, professor
Xolboy IBRAGIMOV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Mirodiljon BARATOV – Yuridik fanlari doktori, professor
Sharibboy ERGASHEV – Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yashin ISMANDIYAROV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Muhabbat MIRSALIYEVA – Pedagogika fanlari doktori
Bahodir MA’MUROV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Shukurullo MARDONOV – Pedagogika fanlari doktori, professor
Ulfat MAHKAMOV – Pedagogika fanlari doktori, professor