--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

“XALQ TA’LIMI JURNALI : BIR MAQSAD, BIR MASLAK

    Inson suv va havoga qanchalik muhtoj bо‘lsa, ta’limga ham har doim ehtiyoj sezadi. Taraqqiyotni belgilovchi sabablar kо‘p, omillar bisyor. Lekin ularning hech biri ta’limchalik buyuk kelajakka mustahkam kafolat bо‘la olmaydi.
    Mustabid tuzum davrida matbuot, ayniqsa, bosma nashrlar sonini sanasangiz, qо‘lingiz barmoqlari ortib qolar edi. Istiqlol sharofati bilan, tizimli va bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar tufayli OAV son va sifat jihatdan rivojlanib, media bozori shakllandi, raqobat muhiti paydo bо‘ldi, xalqaro hamkorlik yо‘lga qо‘yildi.
    Ana shu ommaviy axborot vositalari orasida “Xalq ta’limi” jurnali о‘zining sо‘ziga, shaklu shamoyiliga ega nashr hisoblanadi. Mazkurjurnal tashkil etilganiga bu yil bir asr tо‘ldi. Respublikamizning otaxon nashri, yuz bilan yuzlashgan jurnalga bundan roppa-rosa bir asr avval asos solingan edi.
    Jurnal mamlakatimiz istiqlolga erishish yо‘lida asosiy vosita bо‘lgani, istiqloldan keyin esa milliy g‘oya va mafkurani ta’lim tizimi orqali yoshlar ongiga singdirishda muhim manba bо‘lib xizmat qilganini e’tirof etmaslikning iloji yо‘q. Mustaqillikdan avval jurnal sahifalarida ma’rifatparvar bobolarimizning istiqlolni turli rakurslarda tarannum etgan turkum ilmiy, tahliliy maqolalari chop etilgan bо‘lsa, sо‘nggi chorak asrdan ziyodroq vaqt mobaynida yurtimiz fidoyilari, ziyolilari  ajdodlarimizning ezgu an’analarini davom ettirib kelishmoqda.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

E'lonlar

🟢Xalq ta’limi tahririyatida “Ta’lim jurnalistikasi – tajriba maktabi” faoliyatini boshladi🟢
Tahririyatimizda barcha о‘qituvchilarga, murabbiylarga, tarbiyachilarga hamda ilmiy izlanuvchilarga bо‘sh vaqtlarida mashg‘ulotlar о‘tkazamiz va barchani taklif qilamiz.🔜
Mashg‘ulotlar bepul tashkil qilinadi✅ va о‘quv materiallar bepul taqdim etiladi💯
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

MAQOLA YOZISH BO'YICHA TAVSIYALAR!

KIRISH SO‘ZI

 

Har bir yangi fikr vujudga kelishish uchun bahslashish, tortishish zarur. Buning isboti haqiqat chiqadi. Demak, kurashib, tortishib yashashni hayot tarziga – bugungi kun talabi. Ilm-fandagi ushbu haqiqatni unutgan kishi tanazzulga uchrashi turgan gap. Ilm izlash, ijod qilish – inson kashf etgan amallar, faoliyatlar ichida eng serzahmati. Shu bois xalqimiz olimni, ijodkorni igna bilan quduq qaziydigan zahmatkashga qiyoslaydi. O’z vaqtida ulug‘ ajdodimiz Najmiddin Kubro: “Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan,” degan. Xalq og‘irini yengil qilish – sharafli vazifa. Ush haqiqatni har kim turlicha idrok etadi. Biz tasavvurida komil olim davr sinov toblangan shaxsdir. Tan olish kerak, hamkasblarimizda va fikrlash san’ati yetishmaydi. Bir varaqni xatosiz, o‘qishli qilib yozolmaydi, ammo o‘zini o‘qituvchi, ustoz, murabbiy deb biladi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Diqqat tanlov

    “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali tahririyati har yili an’anaviy tarzda tanlov o‘tkazib keladi. Tanlov maqsadi – ta’lim tizimidagi yangiliklarni dars jarayoniga joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik kompetentsiyalarini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash, ta’limdagi innovatsion tajribalarni ommalashtirish, raqobatbardosh va ilg‘or o‘qituvchilarni tayyorlash, ta’lim tizimiga munosib hissa qo‘shish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlashdan iborat.

    Joriy yilda ham tahririyat tomonidan navbatdagi tanlov e’lon qilinmoqda. Unga ko‘ra, tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi ilmiy-metodik maqola”.

“Eng faol pedagog-tadqiqotchi”.

 “Faxriy muallif”.

“Eng faol jurnalxon”.

“Eng faol hamkor”.

Tanlov g‘oliblari yil yakunida, ya’ni jurnalimizning 6-sonida e’lon qilinadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Obuna davom etadi

  “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik va “Xalq ta’limi axborotnomasi” jurnallari bugungi kunda o’qituvchi-pedagoglarning eng kerakli nashriga aylanib, ularga yaqin ko’makchi bo’lmoqda. Uning sahifalarida nashr etilayotgan maqolalardan o’qituvchilar dars jarayonida, mashg’ulotlarda, seminar-treninglarda foydalanayapti.

    2018-yilda jurnallarimiz o’z ishlab chiqarishni yanada yaxshilashni maqsad qilgan. Sahifalarimizda uzluksiz ta’lim tizimidagi eng so’nggi yangiliklar, texnologiya, metodlar ilmiy-metodik nuqtai nazardan tadqiq qiladi. Shu bois jurnallarimiz har bir o’qituvchi-pedagoglida bo’lishi mumkin.

   “Xalq taʼlimi” ilmiy-metodik va “Xalq taʼlimi axborotnomasi” jurnallariga obuna boʻlishni unutmang.

Obuna indekslari:

“Xalq taʼlimi” ilmiy-metodik jurnali – 904

“Xalq taʼlimi axborotnomasi” jurnali – 924

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

-Foydali manbalar-