JURNAL SOLNOMASI (1918-2018 YY.):

    Jurnal tarixi bilan tanishar ekanmiz, о‘sha kezlarda nafaqat Vatanimizda, balki sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar, chet davlatlarda ham qiziqish bilan mutolaa qilinganiga  amin bо‘lamiz.
Jurnalimiz qaysi nom bilan atalishidan qat’i nazar, о‘zining oldiga yagona maqsad – xalq ziyolilarini, о‘qituvchi va murabbiylarni yanada savodli qilish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashatirishga xizmat qilayotgani ayni haqiqatdir.
    “Xalq ta’limi” jurnali ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va о‘zgarishlarni soha vakillari va keng xalq ommasiga yetkazish minbariga aylandi.
Jurnal sahifalarida ijtimoiy sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarning nazariy g‘oyalari, metodik yondashuvlari, ilmiy xulosalari muntazam tarzda berib borilib,  mazkur tadqiqotlarni pedagogik jamoatchilik hukmiga havola etish, tavsiya etilayotgan samarali pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga joriy qilishda о‘ziga xos kо‘prik vazifasini о‘taydi. YA’ni bunda pedagogik tadqiqotlar bilan ta’lim amaliyotining mushtarakligi ta’minlanadi.
    2015 yildan “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnalining mantiqiy davomi – “Xalq ta’limi axborotnomasi” jurnali nashr etib kelinmoqda.
    Xalqimizga, elimizga ziyo tarqatishdek ezgu ishni, mas’uliyat va sharafli vazifani о‘z zimmasiga olgan jurnalning bir asrlik tо‘yi muborak bо‘lsin. Hali yillar, zamonlar о‘tadi, asrlar kechadi “Xalq ta’limi” jurnali mazmuni yanada boyib, turli turkum ilmiy-metodik, tahliliy maqolalari bilan necha-necha avlodlarga xizmat qiladi.Zero, ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy:  “Inson ibrat nazari ilaboqub dunyo kitobindan о‘z qadr-hissasini bilub olmaki lozimdur. Ma’rifat sohibi bо‘lmak uchun ahvoli olamdan xabardor bо‘lmak uchun ahvoli  olamdan xabardor bо‘lmak kerak”, deya ta’kidlagan.

Ta’lim tizimi
Jurnalning о‘rni
1918-1925 yillar
Bu yillarda eski maktablarni isloh  qilish harakati boshlandi. Ya’ni, “Yangi usul maktablari” paydo bо‘ldi. Bundan maqsad о‘lkadagi xalq ta’limi bо‘g‘inlarini ravnaq toptirish, xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifatdan bahramand etish orqali о‘quvchilar ongiga diniybilimlardan tashqari, dunyoviy bilimlarni о‘qitishga jiddiy e’tibor qaratildi. Maorif tizimi tomonidan chiqarilgan farmon, rahbarnoma,  qarorlarni о‘z vaqtida ta’lim tizimi xodimlariga, murabbiylarga yetkazish maqsadida “Maorif” jurnali tashkil etildi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, ta’lim-tarbiya, maktab va maorif, madaniy hayotdagi о‘zgarish va rivojlanishlarni ta’lim tizimi xodimlariga tushunarli tarzda, о‘z vaqtida yetkazishda  jurnalning ahamiyati beqiyos bо‘ldi.
1925-1940 yillar
Arab alifbosidan lotin alifbosiga о‘tildi, ta’lim mazmuni ham о‘zgarib, tabiiy fanlar joriy qilindi. Bundan tashqari, kо‘pgina fanlardan xususan, ona tili va rus tili fanlaridan darslik va qо‘llanmalar yaratilib, о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha yangi pedagogik yondoshuvlar ishlab chiqildi. “Maorif” jurnali “Maorif va о‘qutg‘uchi” nomiga о‘zgartirilib, uning ma’no-mazmuni boyidi, vazifasi, tahririyat jamoasisafi kengaydi. О‘sha davrda rо‘y berayotgan qiyinchiliklarga qaramay,jurnal sahifalarida о‘qituvchilar yangi ilmiy-nazariy qarashlar, ta’lim tizimidagi yangiliklardan xabardor  etib borildi. Jurnalda nashr etilgan ilmiy-nazariy maqolalar, izlanishlar natijalari orqali milliy tarix xususan milliy pedagogika tarixining umumiy manzarasi yorqinlashtirildi va ilmning yangicha sharoitda shakllanish genizisi, rivojlanish bosqichlarini, о‘ziga xos jihatlarini ochib berildi.
1940-1945 yillar
Bu davrga kelib Ikkinchi jahon urushi boshlanganligi tufayli respublikaning barcha ziyolilari xususan maktab о‘qituvchilari ham frontga jalb qilindi. Shu bois ularning о‘rnini tо‘ldirish maqsadida qisqa muddatli о‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. Maktablar birlashtirilib, kо‘p smenali о‘qish olib borildi. Ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida о‘quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimi, ularni rag‘batlantirishning yangi usullari joriy etildi. Bu davrdagi inqiroz, qiyinchiliklar  jurnal faoliyatiga ham salbiy ta’sir etsa-da, nashr о‘z faoliyatini davom ettirishga harakat qildi. Nashriyot hom ashyolari, vositalari, qog‘oz, bо‘yoq tanqisligi bois darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari yetishmasligi sababli  jurnal ta’lim tizimida о‘qituvchi-murabbiylarning asosiy manbai, darslik va metodik qо‘llanma, tavsiyanoma vazifasini ham о‘tadi. О‘qituvchi-murabbiylarjurnaldan didaktik vosita sifatida foydalanishdi hamda jurnaldagi ilmiy-metodik maqolalarni takomillashtirish orqali, shu og‘ir davrda, qinchiliklar sharoitida ta’lim-tarbiya berishning usul va vositalarini ishlab chiqishdi.
1945-1960 yillar
Urushdan keyingi davrda evakuatsiya qilingan, kо‘chirib keltirilgan ishlab chiqarish korxonalari, zavod va fabrikalarga, ta’lim muassasalariga malakali ishchi kuchi talabi ortib, ta’lim tizimi ularga kadrlar yetkazib beruvchi bazaga aylandi. Savodsizlikka tо‘liq barham berish, industrial rivojlanishga jadal harakat qilindi. Darslik va о‘quv qо‘llanmalari sifati yaxshilanib, darslarda yangi texnik vositalardan foydalanish vujudga keldi. Bu davrda jurnal og‘ir inqirozdan chiqib, moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib bordi. Jurnalda ta’lim muassasalariga ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, darslik va qо‘llanmalar sifatini yaxshilash, о‘quv mashg‘ulotlarida yangi texnik vositalardan foydalanishni tashkil etish bо‘yicha oimiy ravishda turkum ilmiy-metodik va amaliy maqolalar chop etildi.. 1958 yildan  boshlab asosiy jurnalga ilova sifatida bir qancha fanlar va ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha jurnallar faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Xususan, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan “Til va adabiyot” jurnali ilk marotaba rus tilida nashr qilina boshlandi.
1960-1980 yillar
Umumiy о‘rta ta’lim maktablari rivojlantirilib, ularning tarmoqlari kengaytirildi. Shuningdek, yangi binolar bilan ta’minlanib, о‘quv-metodik, moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Umumiy majburiy 8 yillik ta’limga о‘tildi, kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. Hunar texnika ta’limi esa qayta, tubdan о‘zgartirilib, “О‘rta hunar texnika bilim yurtlari” tarmoqlariga aylantirildi. Jurnal о‘qituvchilarga metodik yordam tarzidagi materiallar, fanlarni о‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, о‘qituvchilarni fan yangiliklari bilan tanishtirish, turli mintaqalarda faoliyat kо‘rsatuvchi mutaxassislarni birlashtiruvchi kо‘prik, ilmiy ishlarni ommalashtiruvchi minbar vazifasini bajardi. Ta’lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish harakatlarida faol ishtirok etdi. Eng muhimi jurnalda faoliyat yuritgan ilmiy-pedagogik xodimlar yangiliklarni joriy etishda о‘zlarining ilmiy-nazariy, amaliy maqolalarini nashr etish orqali ekspert vazifalarini о‘tashdi.
1980-1991 yillar
Buyruqbozlik, totalitar qarashlarga asoslangan boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari ta’limning rivojlanishiga tо‘sqinlik qildi. Jurnalda muntazam ravishda ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy-metodik maqolalar, metodik tavsiyalar, fanlarni о‘qitish bо‘yicha ilg‘or tajribalar chop etib borildi. Pedagog xodimlar ta’limning barcha turlari bо‘yicha yangiliklardan xabardor etib borildi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi holatlar bо‘yicha tanqidiy-tahliliy materiallar berib borildi. Maktab, maorif, oliy ta’lim tо‘g‘risida chiqarilgan kо‘pgina muhim qarorlar va ularning amalga oshirilishi keng yoritildi.
1991-2016 yillar
Istiqlol tufayli yurtdoshlarimiz ongu tafakkurida chuqur о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida о‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor bо‘y- basti bilan jahonga kо‘rsatish maqsadi ta’lim tizimi oldiga qо‘yildi. Tizimda salmoqli о‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Bu borada chiqarilgan Qonunlar, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Nizomlar, davlat ta’lim standartlari, konsepsiyalar va boshqa turdagi huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ta’limni Milliy g‘oyaga yо‘naltirilganligi, ta’limning uzluksizligi, yoshlarning kasbga bо‘lgan ehtiyojini jamiyat va iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng muhim mexanizmi kadrlar tayyorlashning Milliy modeli kirib keldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan sо‘ng jurnal faoliyatida ham ulkan о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Chunonchi, jurnal yangi nom, ya’ni “Xalq ta’limi” nomi bilan nashr etila boshladi. Jurnal ta’lim tizimidagi о‘zgarishlar,ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy-metodik maqolalar, metodik tavsiyalar, fanlarni о‘qitish bо‘yicha ilg‘or tajribalar chop etib borildi. Pedagog xodimlar ta’limning barcha turlari bо‘yicha yangiliklardan xabardor etib borildi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi holatlar bо‘yicha tanqidiy-tahliliy materiallar berib borildi. Pedagog kadrlar ijtimiy-iqtisodiy siyosat, uzluksiz ta’lim tizimiga oid yangi qonunlar va qarorlar bilan muntazam ravishda tanishtirildi hamda kadrlar tayyorlashning Milliy modelini tо‘liq va batafsil yoritish bо‘yicha ilmiy-metodik maqolalar uzluksiz chop etilib borildi. Shuningdek, 2015 yil  “Xalq ta’limi” ilmiy metodik jurnalining mantiqiy davomi – “Xalq ta’limi axborotnomasi” jurnali nashr etila boshladi.
2017 – 2022 yillar
Respublikamizda ilg‘or texnologiyalar va chet el investitsiyalari kirib kelishi natijasida mehnat bozoriga talab kuchaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligiga va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratildi. 2017-2018 о‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy о‘rta ta’lim tizimiga о‘tildi. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. О‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida islohotlar:  SIFAT, ADOLAT, SHAFFOFLIK tamoyillari ostida ulkan ishlarga qо‘l urilmoqda. О‘qituvchi-murabbiy qadr-qimmati, nufuzini oshirish borasida muhim qarorlar qabul qilindi. Jurnalda davr talablaridan kelib chiqarilgan qarorlar ijrosini ta’minlash, innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etishga yо‘naltirilgan turkum maqolalar e’lon qildi. Jurnalda maqolasi chop etilgan mualliflar о‘rtasida kо‘rik-tanlovar e’lon qilinib, g‘oliblar rag‘batlantirildi.Jurnal ta’lim tizimidagi о‘zgarishlar, ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy-metodik maqolalar, metodik tavsiyalar, fanlarni о‘qitish bо‘yicha ilg‘or tajribalar chop etib borildi. Pedagog xodimlar ta’limning barcha turlari bо‘yicha yangiliklardan xabardor etib borildi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi holatlar bо‘yicha tanqidiy-tahliliy materiallar berib borildi. Pedagog kadrlar ijtimiy-iqtisodiy siyosat, uzluksiz ta’lim tizimiga oid yangi qonunlar va qarorlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borildi. Joriy yilda  faoliyat boshlaganiga bir asr tо‘lgan jurnal pedogoglarning dars jarayonida qо‘llashi mumkin bо‘lgan innovatsion g‘oyalarni  muntazam chop etish orqali tizimning yanada takomillashuviuchun hissasini qо‘shib, jurnal sahifalarida nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilarining ilmiy-metodik maqolalari chop etib kelinmoqda. “Xalq ta’limi” jurnali ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va о‘zgarishlarni soha vakillari va keng xalq ommasiga yetkazish minbariga aylandi.

-Foydali manbalar-